Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parij-2024. Alisher Yusupov bronza uchun kurashadigan bo‘ldi
Olimpiadada dzyudo bo‘yicha +100kg vazn toifasida Alisher Yusupov o‘tish o‘yinini o‘tkazmay, avtomatik tarzda bronza medali uchun kurashadi.
+100 kg vazn toifasidagi o‘zbekistonlik dzyudochi yarimfinal yo‘llanmasi uchun kurashda tojikistonlik Temur Rahimovga qarshi bahslashib, uchta shidodan keyin mag‘lubiyatga uchradi.
Alisher Yusupov o‘tish bellashuvida Guram Tushishviliga qarshi tatamiga chiqishi lozim edi. Ammo gruziyalik dzyudochi Rinerga qarshi bahsda nosportcha harakati uchun turnirdan diskvalifikatsiya qilindi.
Shu tariqa, Alisher Yusupovga bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Tatsuru Saito va janubiy koreyalik Kim Min Jong o‘rtasidagi bellashuvda mag‘lubiyatga uchragan sportchi raqiblik qiladi.
Mavzuga oid
20:33 / 13.01.2025
Parij Olimpiadasining ko‘plab medallari nuqsonli bo‘lib chiqdi
18:15 / 13.09.2024
O‘zbekiston Paralimpiya harakatining oltin avlodisiz – Shavkat Mirziyoyev
21:04 / 07.09.2024
Xitoy qatorasiga oltinchi marta Paralimpiya o‘yinlarida g‘alaba qozondi
14:53 / 06.09.2024