Jahon | 08:34 / 07.08.2024
5824
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada radikal namoyishchilar qo‘lga olindi

Namoyishlarning ilhomlantiruvchisi va tashkilotchisi «Ingliz o‘zini himoya qilish ligasi» o‘ta o‘ng guruhi bo‘ldi. 

Foto: JUSTIN TALLIS/AFP via Getty Images

Britaniyaning Plimut shahridagi tartibsizliklar chog‘ida o‘ta o‘ng guruhning olti nafar a’zosi qo‘lga olindi

Bu haqda mahalliy politsiya bayonotida aytiladi.

Bayonotga ko‘ra, to‘qnashuvlar chog‘ida irqchilikka qarshi parallel namoyishda radikallarni ishtirokchilardan ajratib turgan politsiya xodimlari yaralangan.

O‘ta o‘nglar irqchilikka qarshi bo‘lganlarga tosh, shisha va boshqa narsalarni uloqtirdilar. 

Britaniyada bir necha kundan beri tartibsizliklar davom etmoqda. Namoyishlarning ilhomlantiruvchisi va tashkilotchisi «Ingliz o‘zini o‘zi himoya qilish ligasi» o‘ta o‘ng guruhi hisoblanadi. 

Tartibsizliklarga 29 iyul kuni 17 yoshli o‘smir pichoq bilan hujum qilgan Sautport shahrida sodir bo‘lgan voqea sababdir. Uch nafar bola jinoyat qurboni bo‘ldi, yana sakkiz nafar bola jarohat oldi. 

O‘ta o‘nglar voqea haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar, jumladan, gumonlanuvchi musulmon davlatidan kelgan muhojir ekanligi haqidagi yolg‘on da’volarni tarqatishdi. Politsiya bu ma’lumotlarni inkor etishiga qaramay, namoyishlar davom etdi. 

Namoyishlar chog‘ida o‘ta o‘ng ekstremistlar Sanderlenddagi masjidga hujum qilib, politsiya bo‘limini yoqib yuborgan. O‘ng qanot radikallar mamlakatning boshqa shaharlaridagi masjidlar va musulmon markazlariga ham hujum qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid