Jahon | 11:46 / 07.08.2024
3107
3 daqiqa o‘qiladi

Kursk viloyatiga dronlar hujumidan jabrlanganlar soni 28 kishiga yetdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning to‘rtta hududida 11 ta dron zararsizlantirilgani haqida xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyatiga yirik hujumlar natijasida jabrlanganlar soni 28 nafarga yetdi.

Bu haqda jurnalistlarga Kursk viloyat ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasi bosh shifokorining jarrohlik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, viloyat bosh jarrohi Andrey Loktionov ma’lum qildi. 

«Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, shu soatga kelib, asosan, Sudjanskiy va Korenevskiy tumanlarida istiqomat qiluvchi 28 nafarga yaqin tinch aholi vakillari jarohatlangan. Ularning aksariyati ko‘p tarmoqli Kursk klinik shifoxonasiga murojaat qildi, u yerda ularga zarur diagnostika va terapevtik yordam ko‘rsatildi, mutaxassislar bilan maslahatlashildi va operatsiyalar o‘tkazildi. Afsuski, jabrlanganlar orasida yaradorlarga bevosita yordam ko‘rsatgan tez tibbiy yordam xodimlari ham bor», — dedi u. 

Loktionovning so‘zlariga ko‘ra, hujumda jabrlanganlar asosan qo‘shma mina-portlash jarohatlari, qo‘shma jarohatlar, kuyish jarohatlari, shuningdek, shrapnel jarohatlariga ega. «Ayni paytda tuman shifoxonalarida ham, viloyat ko‘p tarmoqli shifoxonasida ham joy yetarli», – deya qo‘shimcha qildi u.

Bir kun avval Kursk viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov «Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida Sudjada yashovchi ayol halok bo‘lgan»i haqida xabar bergan edi.

«Besh kishi, jumladan, uch nafar bola jarohat oldi. Glushkovskiy tumanida dron avtomobilga hujum qildi, natijada ikki mahalliy aholi jarohat oldi. Rilskiy tumani Nexayevka qishlog‘i yaqinida mikroavtobusga ham zarba qayd etildi, transport vositasi haydovchisi halok bo‘ldi», — deb yozdi Smirnov Telegram-kanalida. 

7 avgust, chorshanba kuni Rossiya Mudofaa vazirligi o‘tgan tunda Rossiya hududlari uzra 11 ta UUA yo‘q qilingani haqida xabar berdi.

«O‘tgan tunda Kiyev rejimi Rossiya Federatsiyasi hududidagi obektlarga uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida terrorchilik hujumi uyushtirishga uringanida, havo hujumidan mudofaa tizimlari Belgorod viloyatida uchta samolyot tipidagi uchuvchisiz uchoqlarni tutib, yo‘q qildi, to‘rttasi Kursk viloyatida, ikkitasi Voronej viloyatida va ikkitasi Rostov viloyatida urib tushirildi», — deyiladi Telegram-kanalda.

Mavzuga oid