Jahon | 23:28 / 09.08.2024
12678
1 daqiqa o‘qiladi

Braziliyada yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Samolyot bortida bo‘lgan 62 kishining barchasi halok bo‘lgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Videodan kadr

Braziliyaning San-Paulu shtatida yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi, deb xabar berdi Globo.

Qayd qilinishicha, turboparrakli ATR 72 samolyoti Voepass Linhas Aéreas aviakompaniyasiga tegishli bo‘lib, ichki reysni amalga oshirgan.

Samolyot aholi yashash punktiga qulab tushgan. Uning bortida 58 yo‘lovchi va to‘rt nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. BNO News ularning barchasi halok bo‘lgani haqida xabar berdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid