Ukrainaning Kurskka hujumi tufayli Belarus o‘z chegarasini mustahkamlamoqda
Belarus Qurolli kuchlari Ukraina tomonidan kelgan bir necha dronlarni urib tushirganini ma’lum qildi.
Belarus havo mudofaasi 9 avgust kuni kechqurun Ukrainadan uchib kelgan bir nechta hujumchi dronlarni yo‘q qildi, dedi mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko.
Ukraina qurolli kuchlari Mogilyov viloyati sharqidagi Kostyukovichi tumanida «har qanday qoidalarga zid ravishda Belarus havo hududini buzdi», dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Belarus hududida jami «o‘nga yaqin» havo nishonlari qayd etilgan, shundan so‘ng mamlakat havo mudofaasi to‘liq jangovar shay holatga keltirilgan. Natijada «bir nechta nishonlar» yo‘q qilingan. Ularning bo‘laklari hali ham qidirilmoqda.
«Biz bular hujumkor dronlar ekanligiga shubha qilmayapmiz. Ular Ukrainadan uchib kelib Belarus havo hududini buzdi», dedi Lukashenko. Belarus, uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa nishonlarni Rossiyaga «topshirgan». Lukashenko rossiyalik harbiylarga tayanib, ular Yaroslavl yaqinida urib tushirilganini da’vo qildi.
«Ukrainaga bu nima uchun kerakligini tushunmayapman. Biz buni aniqlab olishimiz kerak. Lekin, men aytganimdek, biz ular bilan buni aniqlashtirib oldik va har qanday provokatsiya javobsiz qolmasligini aytdik», deb tahdid qildi Lukashenko. Shuningdek, «bu bilan ukrainaliklar hech qanday tinchlikka tayyor emasliklarini ko‘rsatishini» ta’kidladi.
Lukashenko Ukraina qurolli kuchlarining Kursk viloyatidagi hujumiga ham izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 avgust holatiga ko‘ra, ukrainalik harbiylar Rossiya hududiga 30-35 kilometr ichkariga kirgan va u yerda «o‘rnashib olgan».
Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin prezident «har qanday provokatsiyalarga javob berish uchun» Gomel va Mozir taktik yo‘nalishlarida qo‘shin guruhlarini kuchaytirishni buyurganini aytdi. Uning aytishicha, Ukraina bilan chegaraga «Polonez» raketa tizimlari va «Iskandar» majmualari ham joylashtirilmoqda.
Mavzuga oid
19:02
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024