Aziz Voitov ustidan sud jarayoni 15 avgustda boshlanadi
Sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish va boshqa moddalar bilan ayblanmoqda. Ish doirasida ikki nafar tadbirkorga nisbatan ham ayblovlar e’lon qilingan.

Foto: Kun.uz
15 avgust, payshanba kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish boshlanadi. Bu haqdagi ma’lumot Oliy sud saytida keltirib o‘tildi.
Tergov organi Aziz Voitovga Jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bo‘yicha ayblov qo‘ygan:
- 167-modda 3-qismi “a” va “v” bandlari — bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda, ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish;
- 205-modda 2-qismi “a” bandi — juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish;
- 206-modda 2-qismi “a” bandi — juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan holda, hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish;
- 209-modda 2-qismi “a” bandi — takroran sodir etilgan mansab soxtakorligi.
Bu ish doirasida tadbirkorlar Orzubek Otaboyevich Rajabov va Alisher Fazliddinovich O‘runboyev ham sudlanuvchi hisoblanadi.
Orzubek Rajabov o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish, mansab soxtakorligi, pora berish va hujjatlarni soxtalashtirish jinoyatlarida ayblanmoqda.
Alisher O‘runboyevga esa o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish ayblovi qo‘yilgan.
Eslatib o‘tamiz, Qishloq xo‘jaligi vazirligining sobiq rahbari Aziz Voitov 2023 yil dekabr oyida qamoqqa olingan edi.
44 yoshli Voitov 2022 yil avgustidan 2023 yil oktyabrigacha QXVni boshqargan, ungacha investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
O‘zbekiston | 14:30 / 27.05.2025
“Viza berishni osonlashtirish haqida gap-so‘z yo‘q” – AQSh elchixonasi
O‘zbekiston | 19:28 / 26.05.2025
Makron Vetnamga tashrifi chog‘ida rafiqasidan shappati yedi
Jahon | 16:40 / 26.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Peterburgda xorijliklarga taksichi va kurer sifatida ishlash taqiqlanishi mumkin
Jahon | 19:33
-
Tramp Amerika universitetini yuz minglab xitoylik talabalardan «tozalashga» qaror qildi
Jahon | 19:31
-
Janubiy Koreyada harbiy samolyot halokatga uchradi
Jahon | 18:49
-
Italiya bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifi yakunlandi
O‘zbekiston | 18:43
Mavzuga oid

18:37
Farg‘onada tanishini qasddan bosib o‘ldirgan haydovchiga hukm o‘qildi

14:53
Sud jurnalist Anora Sodiqovaning da’vosini rad etdi

14:45
O‘zbekistonda geografik ko‘rsatkichlar asosida tovar belgilari yaratilishi mumkin

17:00 / 27.05.2025