Janubiy Koreya Harbiy-dengiz kuçlariga tegişli patrul samolyoti halokatga uçradi, deb xabar beradi Yonhap. Bu mamlakat Qurolli kuçlari ixtiyoridagi P-3C samolyotining halokatga uçraşi bilan boğliq birinçi holat hisoblanadi.

«Maşğulot parvozlari doirasida Pohangdagi aviabazadan soat 13:43 da havoga kötarilgan P-3 dengiz patrul samolyoti soat 13:49 larda noma’lum sabablarga köra halokatga uçradi», — deyiladi Harbiy-dengiz kuçlari xabarida.

Qayd etilişiça, hodisa joyida uç kişining jasadi topilgan. Rasmiylar ularning ikki nafari halok bölganini tasdiqladi. Havo kemasi bortida tört nafar ekipaj a’zosi bölgan, ularning ikki nafari ofitser bölsa, yana ikki nafari unter-ofitserdir.

Ma’lumotlarga köra, hodisa sabablarini aniqlaş uçun tergov guruhi tuzilgan.

«Öt öçiruvçilar voqea joyiga 17 ta texnika va 40 ga yaqin şaxsiy tarkib vakilini yubordi», — deyiladi xabarda.

Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvçi Li Çju-Xo mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Kim Son-xoga yölovçilarni qutqariş işlarini nazoratga olişga va atrof-muhitga yetkazilişi mumkin bölgan oqibatlarni bartaraf etişga çaqirdi.

Ta’kidlanişiça, Janubiy Koreya Harbiy-dengiz kuçlari ixtiyorida 16 ta P-3C samolyotlari mavjud bölib, ular «suvosti kemalari qotili» nomi bilan tanilgan. Uşbu havo kemalarining dastlabki sakkiztasi 1995 yilda foydalanişga topşirilgan.