Jahon | 14:55 / 12.08.2024
1942
1 daqiqa o‘qiladi

Nigerda kuchli yog‘ingarchilik 94 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Afrikadagi mamlakatning 135 mingdan ortiq aholisi tabiiy ofatdan jabr ko‘rdi.

Foto: newscentral.africa

Nigerda iyun oyidan beri kuchli yomg‘irlar oqibatida yuzaga kelgan suv toshqinlari va ko‘chkilar qurbonlari soni 94 kishiga yetdi

Fuqaro mudofaasi bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, iyun oyida boshlangan kuchli yomg‘irlardan jami 135 156 kishi zarar ko‘rgan.

Ko‘chki va suv toshqinlari tufayli minglab odamlar boshpanasiz qolgan.

Avvalroq, 6 avgust kuni tabiiy ofat oqibatida 77 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.

Nigerda yomg‘irlar mavsumi iyun oyida boshlanadi va sentabrda tugaydi. O‘tgan yili kuchli yomg‘irlar oqibatida 41 kishi halok bo‘lgan, 53 kishi jarohatlangan edi. Umuman olganda, o‘tgan yili 137 797 kishi tabiiy ofatlardan jabr ko‘rgan.

Mavzuga oid