Xitoy va Belarus hamkorlikni mustahkamlashga kelishib oldi
Xitoy Xalq Respublikasi davlat kengashi bosh vaziri Li Tsyanning Minskka tashrifi chog‘ida Xitoy Xalq Respublikasi va Belarus vakillari savdo, xavfsizlik va boshqa sohalarda hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Xitoy va Belarus savdo, xavfsizlik, energetika, moliya va boshqa sohalarda hamkorlikni kuchaytirishga qaror qildi. Bu haqda 23 avgust, juma kuni Li Tsyan va Belarus bosh vaziri Roman Golovchenko o‘rtasida Minskdagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan qo‘shma kommyunikeda aytiladi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, Pekin va Minsk, shuningdek, har ikki tomon uchun xarajatlarni kamaytirish maqsadida sanoat ta’minoti zanjirlari sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish va savdoni osonlashtirishga ko‘maklashish niyatida.
Jumladan, xizmatlar savdosi va investitsiyalar bo‘yicha hukumatlararo bitim imzolandi, unda ikki davlat o‘rtasida xizmatlar sohasida erkin savdo zonasi, sarmoyalarni jalb etishning shaffof, liberal va qulay rejimini yaratish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, BelTA Belarus davlat agentligining xabar berishicha, «Belarus va Xitoy o‘rtasida fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida hamkorlik yili, shuningdek, beshta markaz, jumladan, an’anaviy xitoy tibbiyotini rivojlantirish, geologiya fanlari sohasida hamkorlik, Belarus Milliy fanlar akademiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi filiali o‘rtasida texnologiyalar transferiga» start berildi.
Xitoy Belarusning ikkinchi va Osiyodagi eng yirik savdo sherigi hisoblanadi. 2023 yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 8,4 milliard dollardan oshdi, deya xabar beradi China Daily.
Mavzuga oid
18:44 / 12.11.2024
Xitoyda avtomobil odamlar ustiga bostirib borishi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi
22:21 / 11.11.2024
Reuters: Toyota Xitoydagi biznes strategiyasini o‘zgartiradi
22:18 / 11.11.2024
Xitoy 15 ta sun’iy yo‘ldoshga ega tijoriy raketani uchirdi
20:49 / 11.11.2024