Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlament saylovlari bo‘yicha 39 davlatda saylov uchastkalari ochiladi
Markaziy saylov komissiyasi bo‘lajak saylovlarda ovoz berish uchun xorijda saylov uchastkalarini tuzish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Markaziy saylov komissiyasining (MSK) bugun bo‘lib o‘tgan majlisida O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida saylov uchastkalarini tuzishga oid masala ko‘rib chiqildi.
Majlisda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan E-saylov axborot tizimi orqali yuborilgan taqdimnomaga asosan MSKning xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalar huzurida saylov uchastkalarini tuzish bo‘yicha qarori qabul qilindi.
Jumladan, O‘zbekistonning 39 ta chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 56 ta saylov uchastkalari tuzilishi belgilandi.
Xususan, 29 davlatda (Avstriya, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Belarus, Belgiya, Britaniya, Vengriya, Misr, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Eron, Ispaniya, Italiya, Kuvayt, Latviya, Malayziya, Ummon, Pokiston, Polsha, Singapur, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston, Ukraina, Fransiya, Shveytsariya, Shvetsiya va Yaponiya) bittadan, yettita davlatda (Germaniya, Qirg‘iziston, BAA, Saudiya Arabistoni, AQSh, Turkiya, Janubiy Koreya) – ikkitadan, Qozog‘iston va Xitoyda - uchta va Rossiyada - yettita uchastka ish boshlaydi.
Shuningdek, mamlakatning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzuridagi saylov uchastkalari Toshkent shahri hududiga biriktirildi.
Mavzuga oid
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026
Armanistonda parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi
21:35 / 20.04.2026