Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NNT vakili Qonunchilik palatasi yig‘ilishlarida qatnashadi
Prezident tomonidan “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon imzolandi.
O‘zbekiston NNT milliy assotsiatsiyasi raisiga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va uning qo‘mitalari (komissiyalar) majlislarida NNTlarning vakili sifatida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari raislari fuqarolik jamiyati institutlari vakillari orasidan tasdiqlanadi.
Har yili kamida bir marotaba vazirliklar, idoralar va hokimiyatlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkaziladi.
Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, hududlarda uning alohida bo‘linmalari tashkil etilmoqda (ilgari bir nechta alohida fond bo‘lgan).
Fond jami 45 ta shtat birligidan iborat, shundan alohida bo‘linmalarda – 28 ta.
Mavzuga oid
11:57 / 17.05.2026
Oqbo‘yradagi portlash yuzasidan Qonunchilik palatasi deputati vazirlikka so‘rov jo‘natdi
11:42 / 18.03.2026
O‘zi sodir etgan huquqbuzarlikni internetga tarqatganlik uchun javobgarlik kiritilmoqda
18:21 / 18.02.2026
Deputat so‘roviga vaqtida javob bermagan amaldorlar bilan prokuratura shug‘ullanadi
09:42 / 04.02.2026