Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayram kunlari Toshkentda avtobuslar ish jadvali ma’lum qilindi
31 avgust va 1-2-3 sentabr kunlari avtobuslar harakati yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.
«Toshshahartransxizmat» AJ bayram kunlari avtobus saroylari tasarrufidagi avtobus yo‘nalishlarining faoliyati qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, 31 avgust va 1-2-3 sentabr kunlari avtobuslar harakati yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida tashkil etiladi.
Avvalroq, «Toshkent metropoliteni» 31 avgust va 1 sentabr kunlari metro poyezdlari harakati ish kuni uchun belgilangan jadval asosida, 2-3 sentabr kunlari esa dam olish kunlari uchun mo‘ljallangan jadval asosida harakatlanishi haqida xabar bergan edi.
O‘zbekistonda Mustaqillik bayrami munosabati bilan 31 avgust hamda 1-3 sentabr dam olish kunlari etib belgilangan.
Mavzuga oid
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:10 / 07.06.2026