Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Spark simyog‘ochga urilishi oqibatida 2 kishi vafot etdi
Haydovchi keskin tormoz bosishi tufayli boshqaruvni yo‘qotgan. Mashinada jami 4 kishi bo‘lgan.
Farg‘ona shahrida Spark avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida ikki nafar yo‘lovchi vafot etdi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.
Holat 29 avgust kuni soat 03:30 atrofida Qirgili mavzesida sodir bo‘lgan. 19 yoshli haydovchi T.A. boshqaruvidagi Spark avtomobilini boshqarib ketayotib, keskin tormoz bosishi sababli boshqaruvni yo‘qotgan.
So‘ngra yo‘l chetida beton simyog‘ochga urilgan. Oqibatda avtomobil yo‘lovchilari – 19 yoshli Q.M. va Yu.A. hamda 18 yoshli E.Sh. va N.F. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan avtomobilda bo‘lgan ikki nafar 19 yoshli yo‘lovchi vafot etgan.
Mavzuga oid
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026
“Maqsad sari” shina tortgan bola: uning otasiga chora ko‘rilishi mumkin
08:24 / 20.05.2026
Farg‘ona va Namanganda yirik miqdordagi narkotik moddalar musodara qilindi
11:41 / 19.05.2026