Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA kosmosda quyosh yelkanini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi
Yelkan materiali fotonlarni tutib qolishga mo‘ljallangan. Fotonlarning massasi bo‘lmasada, ular obekt bilan to‘qnashuvda impuls hosil qilishi mumkin.
Foto: NASA
NASA olimlari Yerga yaqin fazoda quyosh yelkanini yoyish bo‘yicha urinishi muvaffaqiyatli amalga oshirilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, yangi texnologiyaning sinovi 2023 yil aprelda uchirilgan Advanced Composite Solar Sail System (ACS3) bortida amalga oshirilgan.
Quyosh yelkanining o‘lchami tennis kortining yarmidek keladi — u 80 metr kvadratli polotno shaklida qurilma. Yelkan materiali fotonlarni tutib qolishga mo‘ljallangan. Fotonlarning massasi bo‘lmasada, ular obekt bilan to‘qnashuvda impuls hosil qilishi mumkin.
ACS3 kosmik kemasi bir necha hafta davomida sinovlar olib boradi, bu esa jamoaga yelkanning kosmosdagi manyovrchanligini kuzatish imkonini beradi.
Orbitani ko‘zdan kechirish asnosida tadqiqotchilar quyosh yelkanlari bilan jihozlanadigan kelajakdagi missiyalarni loyihalash va boshqarishda aniqroq tasavvurga ega bo‘ladi.
«Tajribalar davomida olingan ma’lumotlar kosmik ob-havodan ogohlantiruvchi, asteroidlar razvedkasini olib boradigan sun’iy yo‘ldoshlarga o‘rnatiladigan yirik quyosh yelkanlarini loyihalashtirishga xizmat qiladi», — deyiladi missiya xabarida.
Orbitaga joylashtirilgan kosmik apparat balandligi Xalqaro kosmik stansiyadan qariyb ikki barobarga katta. Quyosh yelkaniga o‘rnatilgan kameralar yordamida olingan suratlar 4 sentabr kuni e’lon qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:13 / 18.04.2026
“Qo‘rquv bo‘lishi tabiiy, ammo bu sizni to‘xtatmasin”, - 17 yoshida NASA va SpaceX bilan kosmik loyihani amalga oshirgan Akbar hikoyasi
20:59 / 16.04.2026
Oq uy «olimlarning sirli o‘limi va g‘oyib bo‘lishi» haqidagi ma’lumotlarni tekshiradi
17:28 / 08.04.2026
Yer «botishi» va Quyosh tutilishi. NASA Oy orbitasidan olingan noyob kadrlarni namoyish etdi
23:12 / 06.04.2026