Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
O‘n nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan samolyotning qiymati 8-11 million dollar atrofida. Mazkur havo kemasi amalga oshirgan parvoz faqat bir marta ro‘yxatga olingan - u 2019 yil sentabrda Maltaga uchgan.
Dominikanda Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga bog‘liq yana bir samolyot nazoratga olindi, deb xabar beradi CNN.
Bu AQSh hukumati tomonidan 2 sentabr kuni hibsga olingan havo kemasiga o‘xshash Dassault Falcon 2000 YV3360 samolyoti. U, shuningdek, Maduroga tegishli sanksiyalarga uchragan mol-mulklar ro‘yxatiga kiritilgan.
Ikkala samolyot ham Dominikanga oxirgi oylarda texnik xizmat ko‘rsatish uchun yuborilgan. Diario Libre nashrining yozishicha, ikkinchi samolyot Falcon 2000 ning yaxshilangan versiyasi hisoblanadi. O‘n nafar yo‘lovchini tashishga mo‘ljallangan samolyotning qiymati 8-11 million dollar atrofida. Mazkur samolyot amalga oshirgan parvoz faqat bir marta ro‘yxatga olingan — u 2019 yil sentabrda Maltaga uchgan.
Venesuela prezidentiga tegishli birinchi samolyot — Dassault Falcon 900EX 2 sentabr kuni Dominikanda hibsga olinib, Floridaga yuborilgan edi. AQSh Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, samolyot mamlakatda noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqib ketilgan. Havo kemasidan Maduroning davlat tashriflari davomida foydalanilgan. Venesuela hukumati hibsga olingan samolyotni «qaroqchilik» deb atadi va Vashintonni Maduro hukumatiga qarshi tajovuzni kuchaytirayotganlikda aybladi.
Iyul oyida Venesuelada prezidentlik saylovlari o‘tkazildi va unda Maduro qayta saylandi. AQSh saylovlar natijasini tan olmadi — Davlat departamenti saylovchilarning ovozlarini qayta ishlagani va Milliy saylov kengashi tomonidan e’lon qilingan natijalarni Nikolas Maduro nazorat qilayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:00 / 06.06.2026
Airbus 22 soatgacha parvoz qila oladigan samolyotni sinamoqda
23:19 / 14.05.2026
Maduro qamoqda 18 kishilik umumiy kamerada o‘tirgani aytildi
20:07 / 27.04.2026
Boeing dunyodagi eng katta va qudratli ikki dvigatelli yuk samolyotini taqdim etdi
19:07 / 25.04.2026