O‘zbekiston | 13:37 / 06.09.2024
1604
2 daqiqa o‘qiladi

“Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritildi 

Unga muvofiq, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya sub’yektlari jumlasiga kiritilsa, o‘sha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.

Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, davlat yordami berilishiga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi bilan kelishishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Bundan tashqari, “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish kiritilib, unga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’yekt qaysi faoliyat turiga asosan tabiiy monopoliya sub’yektlari jumlasiga kiritilsa, o‘sha faoliyat turi uning asosiy faoliyat turi hisoblanadi.

Jazolar tizimini liberallashtirish maqsadida raqobat to‘g‘risidagi qonunchilikning iqtisodiy jihatdan past ta’sir darajasiga ega bo‘lgan buzilishini birinchi marta sodir etgan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga nisbatan moliyaviy sanksiyalar tarzidagi javobgarlik choralari qo‘llanmasligini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Mavzuga oid