Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron parlamenti vakili Rossiyaga raketalar yetkazib berilganini tan oldi
Avvalroq, Eron Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga raketalar yuborilgani haqidagi ma’lumotni rad etgan edi.
Foto: AP
Eron parlamenti Milliy xavfsizlik komissiyasi a’zosi Ahmad Baxshoish Ardistoniy «Didban Iran» nashriga bergan intervyusida o‘z mamlakati Rossiyaga nafaqat dron, balki raketalar ham yetkazib berganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarni chetlab o‘tish va xorijiy valutani jalb qilish uchun Eron «raketa va dron sotuvchisi» bo‘lishi kerak.
«Hizbulloh, Hamas, Hashd ash-Shaabiyga (Iroq) raketa beryapmiz, nega endi Rossiyaga bermasligimiz kerak?», dedi u.
Bundan tashqari, Ardistoniy ushbu qurollarni Rossiyaga sotish orqali Eron bug‘doy va soya olayotganini ta’kidladi.
Avvalroq, Eron Tashqi ishlar vazirligi Rossiyaga raketalar yuborilgani haqidagi ma’lumotni rad etdi, chunki «Tehron Ukraina atrofidagi inqirozni siyosiy yo‘l bilan hal qilishni qo‘llab-quvvatlaydi».
Ilgari Associated Press AQSh o‘z ittifoqchilariga Eron Rossiyaga «Fotih-360» ballistik raketalarini yetkazib bergani bo‘yicha ma’lumot yetkazgani haqida xabar bergan edi. Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti yozganidek, Rossiya tomoni qishda Ukraina energetika infratuzilmasiga hujum qilish uchun ulardan foydalanishi mumkin.
Mavzuga oid
21:39
Eron birinchi marta Yaqin Sharqdan tashqaridagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi
20:52
AQSh admirali: Eronda 8 mingdan ortiq nishonga zarba berdik
19:54
Ho‘rmuz bo‘g‘ozi xavfsizligi tashabbusini 20 dan ortiq davlat qo‘llab-quvvatladi
17:35