Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiyaning mashhur restoranlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kirib kelmoqda
Belgiyaning Le Pain Quotidien xalqaro restoranlar tarmog‘i va O‘zbekistonning "RestofFoods" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.
Foto: "Dunyo" AA
Hujjatga ko‘ra, Le Pain Quotidien restoranlar tarmog‘i yaqin vaqt ichida O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
Dunyoga mashhur brendning kirib kelishi O‘zbekiston fuqarolari va mehmonlari uchun mamlakat jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Le Pain Quotidien xalqaro restoranlar tarmog‘i 1990 yilda Bryussel shahrida Alen Kumon tomonidan tashkil etilgan. Ushbu tarmoqning 260 dan ortiq restoranlari dunyoning 20 dan ortiq davlatlarida, jumladan, Belgiya, Niderlandiya, Britaniya, Fransiya, Shveytsariya, Braziliya, Ispaniya, BAA, Kuvayt va Qatarda mavjud.
Le Pain Quotidien'ning mualliflik retsepti asosida tayyorlanadigan mahsulotlar, jumladan non, turli xil salatlar, sendvichlar, ichimliklar, tartaletka va tartinlar xo‘randalar orasida yuqori talabga ega.
Mavzuga oid
19:47 / 25.12.2025
Belgiya Isroilga qarshi genotsid ishi bo‘yicha xalqaro sudda ochilgan da’voga qo‘shildi
18:44 / 09.12.2025
Belgiyadan Toshkentga samolyotda zotdor qoramollar yetkazildi
00:35 / 01.12.2025
Belgiya Rossiyaning “muzlatilgan” pullarini Kiyevga berish uchun uchta shart qo‘ydi – OAV
20:48 / 14.11.2025