Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada X ijtimoiy tarmog‘i bloklanishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
45 mingga yaqin kishi Braziliyada X ijtimoiy tarmog‘ini bloklashga buyruq bergan Oliy sud sudyasini lavozimidan chetlashtirishni talab qildi.
Braziliyaning San-Paulu va mamlakatning boshqa shaharlarida uning mustaqillik kuni, 7 sentabrda o‘n minglab odamlar X ijtimoiy tarmog‘i bloklanishiga qarshi norozilik bildirish uchun yig‘ildi.
San-Paulu universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Braziliyaning sobiq prezidenti Jair Bolsonaru ishtirokidagi mitingda 45 mingga yaqin odam qatnashgan, xususan, ular Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘ini mamlakatda bloklashga buyruq bergan federal oliy sud sudyasi Aleshandre de Moraesning iste’fosini talab qilishgan.
Xabar qilinishicha, miting ishtirokchilari «Demokratiya» va «Ozodlik» yozuvlarini ko‘tarib olgan, sobiq davlat rahbari Bolsonaru esa: «Biz konstitutsiyamiz doirasidan tashqariga chiqqanlarni to‘xtatamiz», deya ma’lum qilgan. Shunday qilib, u Moraesning iste’fosi talabiga qo‘shildi.
Braziliya sudi X platformasini bloklashga qaror qildi
Braziliya Federal oliy sudi sudyasi Aleshandre di Morais Milliy telekommunikatsiya agentligiga X ijtimoiy tarmog‘ining butun mamlakat bo‘ylab ishini 24 soat ichida to‘xtatishni buyurdi, deb xabar berdi jahon OAV 30 avgust kuni.
Braziliyaning Globo telekanali o‘z saytida ta’kidlaganidek, avvalroq amerikalik milliarder Ilon Maskka tegishli mikrobloglar servisi mamlakatdagi qonuniy vakilini 24 soat ichida tayinlash talabiga amal qilmagan. X'dan foydalanishni taqiqlashni chetlab o‘tishga harakat qilgan har qanday shaxs yoki kompaniya, masalan, VPN'dan foydalangan holda, kuniga 50 000 real jarima to‘lashi kerak, deya qaror qildi sudya.
Sud qarorlariga munosabat bildirgan Mask o‘zining X sahifasida shunday yozgan: «Aleshandre di Morais - o‘zini sudya qilib ko‘rsatuvchi diktator».
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026