Jahon | 13:40 / 09.09.2024
5013
4 daqiqa o‘qiladi

Ukraina asirga olingan rossiyaliklarga uyga qo‘ng‘iroq qilishni taqiqlaydi

Rossiyalik harbiy xizmatchilarni asirlikda saqlash shartlari yanada qattiqlashadi, lekin Jyeneva konvensiyalariga amal qilinadi, dedi Ukraina ombudsmani Dmitriy Lubinets.

Foto: Getty Images

Ukraina rossiyalik askarlarni o‘z qarindoshlari bilan telefon orqali qo‘ng‘iroqlashish imkoniyatidan mahrum qilib, hibsda saqlash shartlarini kuchaytiradi. Bu haqda Oliy radaning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Dmitriy Lubinets 7 sentabr kuni Ukraina telemarafonida ma’lum qildi.

Ombudsmanning tushuntirishicha, asirlikda bo‘lgan rossiyalik harbiylarga ilgari o‘z vatanlariga qo‘ng‘iroq qilish huquqi berilgan, garchi bu harbiy asirlarni saqlash shartlarini belgilovchi Jyeneva konvensiyalariga ko‘ra talab qilinmasa ham. Shu bilan birga, rossiyaliklar xalqaro shartnomalarda mustahkamlangan yozishish huquqini saqlab qoladilar.

Ukraina qatllar videolaridan keyin hibsda saqlash sharoitlarini kuchaytirdi

Lubinets Ukraina qurolli kuchlarining Rossiya Federatsiyasiga taslim bo‘lishga uringan askarlari qatl etilgani haqidagi xabarlarga izoh berib, Kiyevning rossiyalik harbiy asirlarga munosabati o‘zgargani haqida xabar qildi. Sentyabr oyi boshida Amerikaning CNN telekanali shunday ikkita videoni e’lon qildi.

Aytilishicha, birinchi video avgust oyi oxirida ayovsiz janglar davom etayotgan Donetsk viloyatining Pokrovsk tumanida suratga olingan. Unda uch nafar ukrainalik askarning tiz cho‘kkani, keyin yiqilib, yerda yotgani ko‘rsatilgan. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi video may oyida Zaporijjya viloyatining Rabotino hududida suratga olingan. Unda Ukraina qurolli kuchlari harbiy xizmatchilari birin-ketin qo‘llarini ko‘targan holda chiqib kelgan, shundan so‘ng rus armiyasi askarlaridan biri ikkinchisiga ularni «nollashtirishni»ni buyurgan. Shundan so‘ng ular otib tashlanadi.

Lubinets ushbu holatlarni sharhlar ekan, Ukraina tomoni harbiy asirlarga munosabatda «afsuski yoki xayriyatki» xuddi shunday yo‘l tuta olmaydi, lekin baribir «ba’zi narsalarni» o‘zgartiradi. Uning ta’kidlashicha, ilgari Ukrainada asirlikdagi ruslarning qo‘ng‘iroqlashish huquqi haqida «ko‘p muhokamalar» bo‘lgan.

Ehtimol, ombudsman Ukraina vazirlar mahkamasiga Rossiya Federatsiyasidan harbiy asirlarga uyga qo‘ng‘iroq qilishni taqiqlash to‘g‘risida 2024 yil bahoridagi petitsiyani eslatib o‘tdi. Biroq, o‘sha paytdagi bosh vazir Denis Shmihal rossiyaliklar uchun bunday imtiyozlar ularga taslim bo‘lishdan qo‘rqmaslikka imkon berishini aytdi.

Ukraina bosh prokurori: urush boshidan beri 28 ta otib tashlash hodisasi tekshirilmoqda 

Ukraina bosh prokurori Andrey Kostinning CNN nashrida keltirilgan so‘zlariga ko‘ra, uning idorasi urush boshlanganidan beri yuz bergan 28 ta shunday hodisani tekshirmoqda, ularda jami 62 nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lgan. Jurnalistlarning yozishicha, ukrain razvedka manbalari ularga ukrainalik jangchilar qo‘lga olinmasdan o‘ldirilgan 15 ta holat ro‘yxatini taqdim etgan. 

Kostin CNN bilan suhbatda da’vo qilingan otib o‘ldirish holatlarini harbiy jinoyatlar va Kreml rejalashtirgan siyosatning bir qismi deb atadi. U qurolsiz taslim bo‘layotganini ko‘rsatgan harbiy asirning sudsiz o‘ldirilishi urush qoidalarini buzishini qayd etdi.
  
Rossiya Mudofaa vazirligi, CNN xabariga ko‘ra, Ukraina tomoni ayblovlariga izoh berish so‘roviga javob qaytarmadi.

Mavzuga oid