Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI Venesuelada muxolifatni ta’qib qilishni to‘xtatishga chaqirdi
Yevropa diplomatiyasi rahbari Borrel muxolifatdan prezidentlikka nomzod o‘z mamlakatini tark etib Ispaniyaga ketishga majbur bo‘lganidan keyin «Venesuelada demokratiya uchun qora kun» haqida gapirdi.
Yevropa Ittifoqi Venesuela hukumatini muxolifatni repressiya qilishni to‘xtatishga va barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi. Venesuelada muxolifatdan prezidentlikka nomzod Edmundo Gonsales siyosiy ta’qiblarga uchragan va «o‘z xavfsizligi va erkinligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tahdidlarga duch kelmoqda», dedi yakshanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel.
Gonsales o‘z mamlakatini tark etishga majbur bo‘lganligi xabar qilinganidan keyin u «Venesuelada demokratiya uchun qayg‘uli kun» haqida e’lon qildi. «Demokratik mamlakatlarda hech bir siyosiy yetakchi boshqa davlatdan boshpana izlashga majburlanmasligi kerak», deb tushuntirdi u. Borrel Gonsales «saylovda mutlaq ko‘pchilik ovoz bilan g‘alaba qozonganini» eslatdi.
«Yevropa Ittifoqi Venesuela hukumati muxolifat va fuqarolik jamiyati vakillarini repressiya, o‘zboshimchalik bilan hibsga olish va ta’qib qilishni to‘xtatib, barcha siyosiy mahbuslarni ozod etishini talab qilmoqda», — deyiladi bayonotda.
Venesuelada muxolifat yetakchisi Gonsalesni hibsga olishga order berildi
Venesuelada terrorizm ishlari bo‘yicha vakolatlarga ega sudya muxolifat prezidentligiga nomzod Edmundo Gonsalesni hokimiyatni egallab olish, fitna uyushtirish va sabotajda ayblab, hibsga olish uchun order berdi. Hujjat surati 2 sentabr kuni Karakas prokuraturasi tomonidan e’lon qilindi.
Avvalroq Venesuela bosh prokurori Tarek Uilyam Saab Gonsales va muxolifat yetakchisi Mariya Korina Machadoga nisbatan tergov boshlanganini ma’lum qilgandi, deya eslatadi dpa agentligi.
Gonsalesni hibsga olishga order chiqarilishi, agentlik ta’kidlaganidek, bahsli saylovlardan keyin Nikolas Maduro tomonidan muxolifatga qarshi repressiyalarning jiddiy kuchayganidan dalolat beradi.
«Ular (hokimiyat) haqiqiy hayotdan butunlay uzilib qolgan», — deb yozadi Machado X ijtimoiy tarmog‘ida. «Saylangan prezidentga (muxolifat uni Gonsales deb hisoblaydi) tahdidlar faqat venesuelaliklar va butun dunyoda Edmundo Gonsales yanada ko‘proq qo‘llab-quvvatlanishiga olib keladi», deya qo‘shimcha qildi u.
Maduro Venesuela rahbari etib qayta saylandi
Venesuelada prezidentlik saylovlari 28 iyul kuni bo‘lib o‘tdi. Mamlakat hukumati nazoratidagi saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, avvalroq mamlakatni ikki muddat prezidentlik lavozimida boshqargan Maduroni saylovchilar 51,2 foizi qo‘llab-quvvatlagan. Biroq xalqaro kuzatuvchilarga saylovlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmagan.
Muxolifatga ko‘ra, ovozlar adolatli sanalganda Gonsales taxminan 67 foiz ovoz bilan saylovda g‘alaba qozonishi kerak edi. Maduroning raqiblari Venesuela bo‘ylab to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov uchastkalaridan olingan byulletenlarning 80 foizdan ortig‘ini e’lon qildi. Saylovdan oldingi so‘rovlar ham Maduroning mag‘lubiyatini bashorat etgan edi.
Saylov natijalari e’lon qilingach, Karakas va Venesuelaning boshqa shaharlarida soxtalashtirishga qarshi namoyishlar boshlandi. Politsiya va harbiylar namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan. Reuters agentligiga ko‘ra, namoyishlar chog‘ida kamida ikki kishi halok bo‘lgan.
Mavzuga oid
09:45 / 16.06.2026
Ukraina va Moldova YeI a’zoligi sari yana bir qadam tashladi
14:07 / 14.06.2026
Tramp Venesueladagi narkokartel rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi
08:58 / 04.06.2026
Ukrainaning YeIga a’zo bo‘lishi yo‘lida muhim qadam tashlandi
19:55 / 29.05.2026