Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida «Agroekspress» qatnovlari bo‘yicha shartnoma imzolandi
Shuningdek, dori vositalarini markalash va tibbiyot xodimlari malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va O‘zbekiston hukumati rahbari Abdulla Aripov hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning beshinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma kommyunikeni imzoladilar, deb xabar berdi «Interfaks».
Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov va O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov «Agroekspress» tezlashtirilgan temir yo‘l qatnovlarini tashkil etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzoladilar.
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko va O‘zbekiston Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tibbiy maqsadlarda foydalanish uchun dori vositalarining markalash kodlari haqidagi ma’lumotlarni uzatish maqsadida axborot almashish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimni imzoladilar.
Bundan tashqari, Murashko va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Asilbek Xudoyorov vazirliklar o‘rtasida tibbiyot xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi bayonnomani imzoladilar.
Mavzuga oid
23:22
KXDR o‘z askarlarini Ukraina urushiga yuborgani evaziga Rossiyadan havo hujumidan mudofaa vositalarini olgan
21:54
«Krepkiy oreshnik»: Putin tutib qolish imkonsiz ekanini aytgan yangi raketa haqida nimalar ma’lum?
21:25
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
20:12