Toshkentda 36 yoshli ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi
Hodisa Salar-Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida ro‘y bergan. Ayol bir necha kun davomida shifoxonada bo‘lgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Toshkent shahridagi temiryo‘l hududida baxtsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda "Millar" dasturida xabar qilindi.
Ma’lum qilinishicha, 1988 yilda tug‘ilgan ayolni poyezd urib ketgan. Poyezd ayolning orqa tomonidan kelib, uni urib yuborgan.
Joriy yilning 23 avgust kuni soat 02:00 larda Salar-Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida fuqaroni poyezd urib ketgani aniqlangan.
Voqea joyiga tez tibbiy yordam va ichki ishlar organlari xodimlari yetib borgan. Ayolga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.
Ayol shifoxonada jarrohlik amaliyotiga olingan. U bir necha kun davomida shifoxonada bo‘lgan, biroq ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan. Uning uch nafar farzandi bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:12 / 22.11.2024
Metro uchun yana 26 ta poyezd xarid qilinadi
21:37 / 20.11.2024
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘li bo‘yicha muzokaralar yakuniy bosqichda – OAV
07:54 / 18.11.2024
Toshkent - Buxoro - Toshkent yo‘nalishida yangi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
23:28 / 14.11.2024