Jamiyat | 09:50 / 11.09.2024
2632
1 daqiqa o‘qiladi

Andijondagi korxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Hodisada hech kim jabrlanmagan. Faqat korxonaning 90 metr kvadrat maydonida bo‘yoq qoldiqlari yonib ketgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Andijon shahrida joylashgan korxonada yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 10 sentabr kuni soat 23:58 da viloyat FVBga Andijon shahrida joylashgan Uz Koram Ko MChJda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Yong‘in qutqarish ekipaji soat 00:06 da aytilgan manzilga yetib borgan va soat 00:55 da yong‘in batamom o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida MChJning shamollatish ventelyatsiya shaxtasida 90 metr kvadrat maydonda bo‘yoq qoldiqlari yonib zararlangan.

Qayd etilishicha, hodisada hech kim vafot etmagan va jarohat olmagan. Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Kecha, 10 sentabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan bo‘yoq ishlab chiqarish korxonasida ham yong‘in yuz bergandi. O‘t o‘chiruvchilar uni 4,5 soatda o‘chirishgan.

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid