Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg Myunxen xavfsizlik konferensiyasiga raislik qiladi
Stoltenberg kelasi yili Myunxen xavfsizlik konferensiyasi rahbari sifatida Kristof Xoysgen o‘rnini egallaydi, deb xabar bermoqda OAV.
NATO bosh kotibi lavozimini tark etayotgan norvegiyalik Yyens Stoltenberg 2025 yilning fevralida Myunxen xavfsizlik konferensiyasi rahbari sifatida germaniyalik Kristof Xoysgen o‘rnini egallaydi. Bu haqda Germaniyaning Der Spiegel haftalik nashri 12 sentabr, payshanba kuni o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Hozircha bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Myunxen xavfsizlik konferensiyasi matbuot kotibi dpa agentligiga tashkilot prinsipial jihatdan kadrlar masalalariga izoh bermasligiga aniqlik kiritdi. NATO ham izoh berishdan bosh tortdi.
Mark Ryutte NATOda Stoltenberg o‘rnini egallaydi
Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte 2024 yil 1 oktyabrda NATO bosh kotibi lavozimiga kirishishi kutilmoqda. Uning nomzodi 26 iyun kuni alyans tomonidan rasman ma’qullangan.
Tashkilotni 10 yil boshqarganidan so‘ng tark etayotgan Yyens Stoltenberg ittifoqchilarning qarorini olqishladi va bu «NATOni ishonchli qo‘llarda qoldirishini» aytdi. X ijtimoiy tarmog‘ida bu tayinlovni sharhlar ekan, u 57 yoshli Ryutteni transatlantik hamkorlikning haqiqiy tarafdori, kuchli yetakchi deb atadi.
O‘z navbatida, Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen YeI va NATO hamkorligini yanada mustahkamlash uchun Mark Ryutte bilan yaqindan hamkorlik qilishini bildirdi.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026