Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beninning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistondagi vazifasini bajarishga kirishdi
O‘zbekiston va G‘arbiy Afrika mamlakati Benin o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2005 yil 17 avgustda o‘rnatilgan.
Foto: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Beninning yangi tayinlangan elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Andre Akambi Okunlola-Biauni qabul qildi.
"Beninning O‘zbekistondagi elchisi Andre Akambi Okunlola-Biau janoblari bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – O‘zbekiston hukumati Afrika davlatlari bilan har tomonlama aloqalarni kengaytirishdan manfaatdor. Biz hamkorlikning bir qator istiqbolli yo‘nalishlari, jumladan, qishloq xo‘jaligi va to‘qimachilik sanoatini muhokama qildik. Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".
O‘zbekiston va G‘arbiy Afrika mamlakati Benin o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar 2005 yil 17 avgustda o‘rnatilgan.
60 yoshli Andre Akambi Okunlola-Biau 2021 yilda Rossiyadagi elchi etib tayinlangan. Bundan avval esa u bir necha bor Benin Milliy Assambleyasi (parlamenti) deputati etib saylangan.
Mavzuga oid
22:44 / 07.12.2025
Benindagi davlat to‘ntarishi tashkilotchisi qochib ketdi
15:38 / 07.12.2025
Beninda ham harbiy to‘ntarish amalga oshirildi
12:41 / 28.11.2025
Burundining O‘zbekistondagi birinchi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
18:07 / 27.11.2025