Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
Qozog‘istoning ommabop "Infozakon" elektron nashrida "25-26 sentabr kunlari Samarqand shahrida Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) boshqaruvchilar kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
Nashrda sentabr oyi oxirida Samarqandda xalqaro taraqqiyot olamidagi muhim voqea – Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki boshqaruv kengashining yillik yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilingan. Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilayotgan mazkur tadbir ishtirokchilarga barqaror rivojlanish, sarmoyaviy loyihalar va strategik hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.
"Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki yirik moliya tashkilotlardan biri bo‘lib, mijozlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Uning Markaziy Osiyo va Kavkazdagi investitsiya portfeliga qiymati 5 milliard AQSh dollaridan ortiq loyihalar kiradi. 25-26 sentabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan Yillik yig‘ilish infratuzilmaga sarmoya kiritish sohasidagi asosiy muammolar va istiqbollarni muhokama qilish uchun muhim maydonga aylanishi kutilmoqda", – deb yozilgan maqolada.
Materialda, shuningdek, forum ishtirokchi mamlakatlar delegatlari, yetakchi biznes arboblari, xalqaro banklar va fuqarolik jamiyati vakillarini bir joyga to‘plashi ta’kidlangan. Taklif etilganlar orasida OIIB prezidenti Tszin Litsyun, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va Islom taraqqiyot banki kabi tashkilotlar vakillari bor.
Mavzuga oid
17:46 / 10.06.2026
Samarqand tumanlari qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashgan hudud sifatida rivojlantiriladi
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026