Dashtobod temiryo‘l stansiyasi boshlig‘i pora olgan vaqtida ushlandi
Mazkur mansabdor shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan sudlangani aytilmoqda.
“Temiryo‘linfratuzilma” AJning Jizzax viloyati Zomin tumanida joylashgan Dashtobod stansiyasi boshlig‘i pora olayotganda qo‘lga olingan.
Ma’lum qilinishicha, Dashtobod stansiyasi boshlig‘i salmoqli pul evaziga MChJlardan biri tomonidan Tojikistondan O‘zbekistonga olib kelinadigan ko‘mir ortilgan 100 ta yuk vagonni tanishlari orqali bojxona ko‘rigidan navbatsiz o‘tkazib berish bo‘yicha kelishgan.
U stansiyada yukni tushirish jarayonida vagonlar belgilangan vaqtdan ortiq turib qolgan taqdirda temiryo‘l jarimasini qo‘llamaslik hamda yuk belgilangan vaqtda tushirib olingani bo‘yicha hujjatni rasmiylashtirib berish evaziga MChJ vakilidan har bir vagon uchun 100 dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda stansiya boshlig‘i 40 ta vagon uchun 4 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Qayd etilishicha, mazkur mansabdor shaxs muqaddam Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan sudlangan va o‘z xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmagan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

12:11 / 02.04.2025
Toshkent shahar hokimligi yuridik boshqarmasi yuriskonsulti 70 ming dollar bilan ushlandi

12:52 / 31.03.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tutashuvlarida o‘tkazish qobiliyati oshiriladi

16:09 / 28.03.2025
Qarshida soliq inspeksiyasi xodimi pul talab qilib olganida ushlandi

20:49 / 27.03.2025