Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Harrisning debat o‘tkazish haqidagi taklifini rad etdi
AQSh sobiq prezidenti yangi munozaraga juda kech ekanini, ovoz berish jarayoni allaqachon boshlanganini ta’kidladi.
Donald Tramp AQSh prezidentlik saylovi oldidan vitse-prezident Kamala Harris bilan yana bir bor debat o‘tkazishdan bosh tortdi, deb yozdi Reuters.
Avvalroq, Demokratik partiya nomzodi 23 oktyabr kuni CNN telekanalida respublikachi raqibi bilan o‘zaro qarama-qarshilikka rozi bo‘lgan edi.
«Vitse-prezident Harris Donald Tramp bilan sahnani baham ko‘rish uchun yana bir imkoniyatga tayyor va u 23 oktyabr kungi debatga CNN taklifini qabul qildi. Donald Tramp bu munozaraga ko‘nishida muammo bo‘lmasligi kerak», degan edi Harrisning saylovoldi tashviqoti raisi Jyen O'Melli Dillon.
Tramp 5 noyabrdagi saylov oldidan yangi debatlar bo‘lmaydi, degan avvalgi fikrida qoldi.
«Yangi bahsning muammosi shundaki, endi juda kech. Ovoz berish allaqachon boshlandi», dedi AQSh sobiq prezidenti Shimoliy Karolina shtatining Uilmington shahrida o‘tkazilgan mitingda.
Harris va Tramp ilk bor 10 sentabrdagi debatda uchrashgan va so‘rovlar Demokratik partiya vakili g‘alaba qozonganini ko‘rsatgan edi.
Tramp iyun oyida prezident Jo Bayden bilan ham debat o‘tkazdi va ko‘pchilik uning g‘alaba qozonganini tasdiqlagandan keyin, Bayden saylov kampaniyasini tark etgan edi.
Mavzuga oid
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026
AQSh Yevropa hududidan aviatashuvchi va suvosti kemasini olib chiqadi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026