Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada maktab o‘quvchisi bolg‘a va pichoq bilan sinfdoshlariga hujum qildi
Irkutsk oblastida 13 yoshli o‘smir maktab o‘quvchilariga hujum qildi. Uch nafar bola jarohatlangan, hujumchi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi tomonidan zararsizlantirilgan. Bir hafta oldin xuddi shunday hujum Chelyabinskda sodir bo‘lgan edi.
Irkutsk oblastining Balagansk poselkasida maktab o‘quvchisi bolg‘a va pichoq bilan sinfdoshlariga hujum qildi. Bu haqda 23 sentabr, dushanba kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, «TASS» xabar berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sakkizinchi sinf o‘quvchilarining bir nechtasi jismoniy tarbiya darsi oldidan kiyinish xonasida kiyim almashtirayotgan paytda unga boshqa bir o‘quvchi bostirib kirib, sinfdoshlaridan birining orqasidan bolg‘a bilan hujum qilgan va uning boshiga urgan. Jabrlanuvchini himoya qilishga uringan yana ikki o‘quvchi qo‘lidan jarohat olgan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy tarbiya o‘qituvchisi hujumchini zararsizlantirgan. Jabrlanganlarning hayoti xavf ostida emas: ular yengil tan jarohatlari olgan.
Hujum sabablari aniq emas
Politsiya xodimlari hujumchi - 13 yoshli Artem B. bilan ishlamoqda. Uning harakati sabablari haqida hech narsa ma’lum emas. Voqeadan so‘ng Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi ikki yoki undan ortiq voyaga yetmaganlarni o‘ldirishga urinish, shuningdek, loqaydlik moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, maktabni vaxter qo‘riqlagan; binoda turniket yoki metall qidiruvchi vositalar bo‘lmagan.
Bir hafta ichida ikkinchi hujum
16 sentabr kuni Chelyabinskdagi 68-sonli korreksion maktabda o‘smir boshqa o‘quvchilar va o‘qituvchilarga bolg‘a bilan hujum qildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki qiz va 13 yoshli bola, shuningdek, o‘qituvchi jabrlangan. Jabrlanganlar kasalxonaga yotqizilgan. Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, hujumchi yonida bolg‘adan tashqari pichoq va pnevmatik to‘pponcha ham bo‘lgan.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026