Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya Ukrainaga energetika infratuzilmasi uchun 170 mln ajratadi
Bundestag tomonidan Ukraina Qurolli kuchlariga 400 million yevro miqdorida ma’qullangan yordamdan tashqari, Ukraina energetika sektorini tiklash uchun imkon qadar tezroq Kiyevga 170 million yevro o‘tkaziladi.
Germaniya energetika infratuzilmasini tiklash uchun Ukrainaga 170 million yevro ajratadi. 26 sentabr, payshanba kuni Bundestag Kiyevga hukumat avvalroq so‘ragan qo‘shimcha harbiy yordamni ma’qulladi.
Ukrainani qayta tiklash uchun 170 million yevro
Germaniya hukumati vakili Shteffen Xebeshtrayt Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi doirasida Ukraina bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng Kiyevga energetika infratuzilmasini tiklash uchun yana 170 million yevro ajratilishini ma’lum qildi. Uning eslatishicha, Rossiya zarbalari Ukraina shaharlari va energetika sohasiga katta zarar yetkazgan, shu bois pul imkon qadar tezroq ajratiladi.
«Ishtirokchilar Rossiyaning davom etayotgan tajovuzi qarshisida Ukraina bilan birdam ekanliklarini hamda zarur bo‘lgan vaqtgacha Ukrainaga harbiy, moliyaviy va gumanitar yordam ko‘rsatishda qat’iyliklarini tasdiqladilar», — deyiladi bayonotda.
400 million yevro harbiy yordam
397,3 million yevro miqdoridagi mablag‘ qo‘shimcha havo hujumidan mudofaa uskunalari, tanklar, uchuvchisiz uchoqlar, o‘q-dorilar va Ukrainani himoya qiluvchi kuchlarni samarali mustahkamlash uchun ehtiyot qismlarga sarflanadi, deya xabar berdi Germaniya hukumati. Germaniya budjeti bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam ko‘rsatish uchun Bundestagdan ma’qullashni so‘rab, vazirlar mahkamasi Rossiya Federatsiyasining artilleriyadagi ustunligi va rejalashtiriluvchi bombalardan foydalanishi tufayli Ukrainada «katta moddiy yo‘qotishlarga» ishora qildi.
Germaniya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, 2024 yilning qolgan oylarida jang maydonidagi vaziyatga ta’sir qilishi uchun qo‘shimcha yordam Ukrainaga «zudlik bilan» o‘tkazilishi kerak.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
16:47 / 10.06.2026