Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Burundi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
Sharqiy Afrika davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 152-mamlakatga aylandi.
Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Burundi tashqi ishlar va taraqqiyot hamkorlik vaziri Albert Shingiro bilan uchrashdi.
"Burundi O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 152-davlat bo‘ldi, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Hamkasbim, tashqi ishlar va taraqqiyot hamkorlik vaziri Albert Shingiro janoblari bilan birgalikda BMT bosh qarorgohida tegishli qo‘shma kommyunikeni imzoladik. Ushbu hujjat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik salohiyatini yuzaga chiqarishda poydevor bo‘lib xizmat qiladi".
Sharqiy Afrika davlati O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 152-mamlakatga aylandi.
Bundan avval Nyu-Yorkda O‘zbekiston va Seyshel orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolangan edi.
Mavzuga oid
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
07:19 / 04.03.2026
Dunyodagi eng obro‘li davlatlar - 2026 yil ro‘yxati
20:21 / 15.01.2026
O‘zbekistonning Tashqi siyosat konsepsiyasi yangilanadi
11:28 / 31.12.2025