O‘zbekiston | 14:25 / 28.09.2024
1295
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Hindiston ikki tomonlama investitsiya shartnomasi imzoladi

Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindiston biznes-forumi doirasida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev va Hindiston moliya vaziri Nirmala Sitharaman Ikki tomonlama investitsiya shartnomasini imzoladi.

Foto: dunyo.info

Ushbu hujjat xalqaro amaliyot doirasida o‘zbekistonlik investorlarning Hindistonda va hindistonlik investorlarning O‘zbekistonda munosib himoya qilinishini kafolatlaydi.

Shartnoma sarmoyaviy faoliyat uchun qulaylik darajasini oshiradi, investorlarning ishonchini mustahkamlaydi, o‘zaro hurmatni yuksaltiradi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli nizolarni arbitraj orqali hal qilish imkoniyatini nazarda tutgan. Hujjat, shuningdek, investitsiyalarni ekspropriatsiya qilinishining oldini oladi, shaffoflik, mablag‘larning o‘zaro harakati va yo‘qotishlarni qoplash mexanizmlarini ta’minlaydi.

Ikki tomonlama investitsiya shartnomasining imzolanishi O‘zbekiston va Hindistonning o‘zaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, yanada xavfsiz va barqaror investitsiya muhitini yaratish bo‘yicha umumiy majburiyatlarini ifoda etdi.

Imzolangan hujjat o‘zaro sarmoyalar hajmini oshirish imkoniyatlarini kengaytirishi, ikki davlat iqtisodiyoti va tadbirkorlik harakatiga foyda keltirishi kutilmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid