Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyadagi saylovlarda o‘ng populistlar g‘alaba qozondi
Avstriyada parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi. Avstriyaning o‘ng populist Ozodlik partiyasi 29 foiz ovoz bilan ularda g‘alabani qo‘lga kiritdi. Hukmron konservatorlar 26 foizga yaqin ovoz oldi.
Avstriyada parlament saylovlarida ovoz berish 29 sentabr, yakshanba kuni yakunlandi. Norasmiy dastlabki natijalarga ko‘ra, Xerbert Kikl boshchiligidagi o‘ng populist Avstriya Ozodlik partiyasi 29 foizdan ortiq ovoz bilan g‘alaba qozonadi.
Foresight sotsiologik instituti ma’lumotlariga ko‘ra, kansler Karl Nexammer boshchiligidagi hukmron konservativ Avstriya Xalq partiyasi 26 foizga yaqin ovoz olgan. Avstriya Sotsial-demokratik partiyasini saylovchilarning taxminan 20 foizi, «Yangi Avstriya va Liberal forum» partiyasi hamda «yashillar»ni 9 foizdan kamrog‘i qo‘llab-quvvatladi.
Avstriya Kommunistik partiyasi va kabarechi Dominik Vlaznining partiyasi 3 foizdan kam ovoz oldi. Parlament quyi palatasiga kirish uchun partiyalar to‘rt foizlik chegaradan o‘tishlari kerak.
Saylovdan oldingi so‘rovlarda o‘ng populistlar g‘alabasi taxmin qilingan
O‘ng populistlar bir yildan ko‘proq vaqt davomida so‘rovlarda yetakchilikni saqlab keldi. Undan keyingi o‘rinlardan Avstriya Xalq partiyasi va sotsial-demokratlar joy oldi. Hozirda hukumat tarkibiga kirgan «yashillar» va «Yangi Avstriya va Liberal forum» partiyasi to‘rtinchi o‘rin uchun kurashdi.
Iyun oyida bo‘lib o‘tgan Yevroparlament saylovlarida Avstriya Ozodlik partiyasi 25,5 foiz ovoz bilan Avstriyada g‘alaba qozondi. Xalq partiyasi o‘shanda 24,7 foiz, sotsial-demokratlar esa 23,3 foiz ovoz oldi.
Mavzuga oid
10:45
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026
Armanistonda parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi
08:51 / 04.06.2026