Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Bahama orollari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatildi
Avvalroq O‘zbekiston va Togo tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunikeni imzolagan edilar.
Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida Bahama orollari hamdo‘stligi tashqi ishlar vaziri Frederik A.Mitchel bilan uchrashdi.
"O‘zbekiston butun dunyo bo‘ylab hamkorlari sonini kengaytirishga intilmoqda, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari. – Bugun Bagama Orollari Hamdo‘stligi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdik".
Bahama orollari hamdo‘stligi tashqi ishlar vaziri Frederik A.Mitchel bilan mamlakatlar orasidagi masofa uzoq bo‘lishiga qaramay samarali aloqalarni o‘rnatish uchun ko‘plab muhim imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Avvalroq BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida O‘zbekiston va Togo tashqi ishlar vazirlari diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma kommyunikeni imzolagan edilar.
Mavzuga oid
16:20 / 08.11.2025
Turkiyada hibsdagi o‘zbeklar bilan uchrashuv o‘tkazildi, bir nafari ozod etildi
11:37 / 30.09.2025
YeI rossiyalik diplomatlarning Yevropa bo‘ylab safarlarini cheklashi mumkin
14:12 / 22.09.2025
O‘zbekiston Britaniyadagi diplomatik ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qiladi
10:51 / 11.09.2025