Agrar universitet hududidagi yong‘in yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Yong‘in universitet binolariga jiddiy zarar yetkazgan.

Foto: IIBB axborot xizmati
Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududida sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 2-qismi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda. Bu haqda IIBB axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov xabar berdi.
30 sentabr kuni Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan Toshkent davlat agrar universiteti hududida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Universitet matbuot xizmati yong‘in universitet hududidagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosida sodir bo‘lganini ma’lum qilgandi.
«Universitet binolaridan birida sodir bo‘lgan deb ta’kidlanayotgan yong‘in aynan O‘rmon xo‘jaligi agentligi joylashgan binoning tom qismida sodir bo‘lgan», — ta’kidladi universitet matbuot xizmati. Ushbu post biroz vaqtdan keyin universitet Telegram-kanalidan o‘chirildi.
O‘z navbatida, O‘rmon xo‘jaligi agentligi yong‘in agentlik binosida sodir bo‘lganini rad etdi.
«O‘rmon xo‘jaligi agentligi binosi yonib ketdi, deya ayrim ijtimoiy tarmoqlarda berilayotgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. To‘g‘ri, suv purkalishi evaziga binoning tom qismiga qisman zarar yetgan, lekin bu ham aytarli darajada emas», — deya agentlik izohini keltirgan O‘zA.
Agentlik binosi katta talafot ko‘rmagani, yong‘in chiqqan universitet binolariga esa birmuncha ziyon yetkazilgani qayd etilgan.
«Ayni paytda mutaxassislar guruhi voqea joyida ish olib bormoqda. Tez orada yong‘in kelib chiqish sabablari, yong‘in asli qayerdan boshlangani, yetkazilgan ziyon, asl holat haqida batafsil ma’lumot beriladi», — deyiladi xabarda.
FVV matbuot xizmatiga ko‘ra, 30 sentabr kuni soat 20:10 da Toshkent davlat agrar universiteti hududidagi binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 20:17 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 21:36 da qurshab olingan va soat 22:10 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Yong‘inni bartaraf etish jarayonini Favqudodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev bevosita joyidan boshqarib borgan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentning ayrim ko‘chalari velomarafon sabab vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 00:21
-
Turkiyada sayyohlarning kartasidan 29 mln dollar o‘g‘irlagan guruh a’zolari ushlandi
Jahon | 22:58 / 07.06.2025
-
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi
Jahon | 22:08 / 07.06.2025
-
Jyeyms Kukning afsonaviy Endeavour kemasi topildi
Jahon | 21:48 / 07.06.2025
Mavzuga oid

08:16 / 07.06.2025
Toshkentda ko‘p qavatli uydagi xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

09:03 / 06.06.2025
Sergelidagi mebel sexida yong‘in ro‘y berdi

18:26 / 05.06.2025
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi

13:59 / 05.06.2025