Jamiyat | 13:37
996
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida “Jiguli” yonib ketdi

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat mashina to‘liq yonib ketgan. 

Foto: IIB YHXB

Toshkent viloyati Qibray tumanida "Jiguli" avtomobilida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 30 sentabr kuni soat 20:20 larda Qibray tumani “Mexnat” MFY hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan 34 yoshli haydovchi boshqaruvidagi “Vaz 2106”da yong‘in kelib chiqqan. 

Yong‘in oqibatida avtomobil to‘liq yonib ketgan. Harakat vaqtida avtomobilda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Haydovchi avtomobildan tushib qolgan.

Hodisada hech kim tan jarohati olmagan, halok bo‘lmagan. Hozirda holat yuzasidan Qibray tumani FVB YoXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid