Toşkent viloyati Qibray tumani hokimining tadbirkorlikni rivojlantiriş, aholi bandligini ta’minlaş va qambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça mahalla fuqarolar yiğinlaridan biridagi yordamçisi korrupsiya va firibgarlikda gumonlanmoqda, deya xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.

U mahalla binosi yonida joylaşgan va davlat zaxirasida bölgan 4 sotix yer maydonini hokimlikda işlovçi tanişlari yordamida arxiv hujjatlariga soxta ma’lumotlar kiritiş orqali xaridor nomiga rasmiylaştirib bermoqçi bölgan. Buning uçun 50 ming dollar talab qilgan.

Gumonlanuvçi söralgan summaning 10 ming dollarini olayotgan paytda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Hokim yordamçisiga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi (Juda köp miqdorda firibgarlik) va 28,211-moddasi 3-qismi «a» bandi (Juda köp miqdorda pora beriş) böyiça jinoiy iş qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.