Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada muddatidan oldin saylovlar o‘tkaziladi
Yaponiya hukmron partiyasi - YaLDP yangi rahbari Shigeru Ishiba parlamentni tarqatib yuborish va muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. U 1 oktyabr kuni Fumio Kisidadan keyin bosh vazir lavozimini egallashi kerak.
Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi (YaLDP) yangi raisi Shigeru Ishiba muddatidan oldin parlament saylovlarini o‘tkazish niyatida. «Yangi hukumat imkon qadar tezroq xalq hukmini eshitishi muhim», dedi Ishiba 30 sentabr, dushanba kuni. Navbatdan tashqari saylovlar rejalashtirilganidan bir yil oldin, 27 oktyabrda bo‘lib o‘tishi kerak.
67 yoshli Shigeru Ishiba 27 sentabr kuni YaLDP rahbari etib saylangan edi. Ovoz berish ikki turda bo‘lib o‘tdi, chunki dastlab to‘qqiz nomzodning hech biri ko‘pchilik ovoz to‘play olmagan. Ishiba 1 oktyabrda parlament tomonidan tasdiqlangach, mamlakatning yangi bosh vaziri bo‘lishi kutilmoqda.
U YaLDP raisi etib saylanganidan beri Tokio fond birjasida Nikkei fond indeksi to‘rt foizga tushib ketdi, chunki siyosatchi inflatsiyaga qarshi kurashish uchun qat’iy pul-kredit siyosati va foiz stavkalarini oshirish tarafdori sifatida ko‘riladi.
Mavzuga oid
08:43
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
09:00 / 08.06.2026
Armanistondagi saylovlarda Pashinyan partiyasi yetakchilik qilmoqda
21:43 / 07.06.2026
Armanistonda parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi
20:36 / 06.06.2026