Kiyev: Rossiya Zaporijjya AES ta’minot liniyasini uzib qo‘ydi
Ukraina Energetika vazirligi Rossiya podstansiyaga hujum qilgani va Zaporijjya atom elektr stansiyasini ta’minot liniyasidan uzib qo‘yganini ma’lum qildi. Stansiya blekaut arafasida, bu esa AESda avariya xavfini tug‘diradi, deya ta’kidladi idora.
Ukraina Energetika vazirligi 1 oktyabr, seshanba kuni Rossiya Zaporijjya atom elektr stansiyasi podstansiyasiga hujum qilgani va ta’minot liniyalaridan birini o‘chirgani to‘g‘risida xabar berdi. Elektr stansiya yana blekaut xavfi ostida, bu Zaporijjya AESda avariya xavfini tug‘diradi, deya ogohlantirdi mamlakat energetika vaziri German Galushchenko.
«Biz AEXA rezolyutsiyasini zudlik bilan amalga oshirishni va AESni Ukraina nazorati ostiga qaytarishni talab qilamiz, Zaporijjya atom elektr stansiyasining xavfsiz ishlashi faqat Ukraina nazorati ostida bo‘lishi mumkin», deb ta’kidladi Galushchenko.
Ukraina energetiklari Rossiya Federatsiyasi tomonidan egallab olingan atom elektr stansiyasini imkon qadar tezroq to‘liq quvvat bilan ta’minlash maqsadida otishma oqibatlarini bartaraf etish ustida ishlamoqda, deya qo‘shimcha qildi Energetika vazirligi.
Sentyabr oyi boshida Ukrainaning «Energoatom» davlat energetika kompaniyasi Zaporijjya elektr stansiyasining ta’minot liniyalaridan biri Rossiyaning o‘qqa tutilishi natijasida shikastlangani haqida xabar bergan edi.
Zelenskiy BMTda: Rossiya Ukraina AESga zarba berishni rejalashtirmoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasi oldidan so‘zlagan nutqida, Rossiya Ukraina yadroviy inshootlariga qarshi hujumlar rejalashtirayotganini aytdi. Ukraina razvedkasi Rossiyaning Ukraina atom elektr stansiyalari va infratuzilmalariga ularni energiya tizimidan uzib qo‘yish maqsadida zarba berish rejalari haqida xabar qildi, dedi u 25 sentabr kuni.
«Har qanday raketa yoki dron zarbasi, energiya tizimidagi har qanday jiddiy voqea yadroviy falokatga olib kelishi mumkin», — deya ogohlantirdi Ukraina prezidenti. «Bunday kun hech qachon kelmasligi kerak. Moskva buni tushunishi kerak va bu qisman sizning tajovuzkorga bosim o‘tkazish qaroringizga bog‘liq», — dedi u.
U o‘z mamlakati hamkorlariga qo‘shimcha yordam so‘rab murojaat qildi. Rossiya bosqinidan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash birinchi navbatdagi ustuvor vazifa bo‘lib qolishi kerak, dedi u. Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya barcha issiqlik elektr stansiyalarini va mamlakatdagi gidroelektrostansiyalarning muhim qismini vayron qilgan.
Mavzuga oid
10:30 / 11.11.2024
RF Zaporijjya va Mikolayivga zarba berdi: kamida besh kishi halok bo‘ldi
10:00 / 21.10.2024
RF qo‘shinlari Zaporijjyaga hujum qildi: 10 kishi yaralandi
11:40 / 19.10.2024
Yaponiyada birinchi marta 50 yildan ortiq ishlayotgan AES reaktori faoliyatiga ruxsat berildi
20:20 / 16.10.2024