Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan O‘zbekistonga neft tranziti miqdori oshdi
Yanvar-avgust oylarida Rossiyadan O‘zbekistonga neft tranziti 2023 yilga nisbatan 30 foizga oshdi.
Yanvar-avgust oylarida Rossiya neftining Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranziti 2023 yilga nisbatan 30 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya energetika vazirining birinchi o‘rinbosari Pavel Sorokin ma’lum qildi.
«2024 yilda, yanvardan avgustgacha, [Rossiyadan Qozog‘iston orqali] O‘zbekistonga neft yetkazib berish 2023 yildagi ko‘rsatkichlardan qariyb 30 foizga oshdi», dedi Sorokin.
U qozog‘istonlik hamkorlarga «bu boradagi konstruktiv yondashuvi uchun» minnatdorlik bildirdi. Rossiya neftining Qozog‘iston orqali Xitoyga tranziti haqida gapirar ekan, Sorokin 2023 yilda Xitoyga yetkazib berish hajmi 10 million tonnani tashkil etganini eslatdi. «Bu yil biz xuddi shunday ko‘rsatkichlarga erishishni kutmoqdamiz», dedi u.
2023 yilda Rossiyadan O‘zbekistonga neft tranziti hajmi 154,3 ming tonnani tashkil qilgani haqida avval xabar berilgan edi. 2024 yil oxirigacha O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 500 ming tonnadan oshirish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026