Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ryutte: Ukrainani qo‘llab-quvvatlash - NATOning ustuvor vazifasi
Mark Ryutte NATO bosh kotibi lavozimini egalladi. U Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiyani tiyib turishni o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari deb atadi. Ryutte, shuningdek, AQShdagi prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonsa, u bilan hamkorlik qilishi mumkinligini aytdi.
Foto: Harry Nakos / AP
Mark Ryutte 1 oktyabr, seshanba kuni NATO bosh kotibi lavozimiga kirishdi. NATOning Bryusseldagi shtab-kvartirasida o‘tkazilgan marosimda u o‘zidan oldingi Yyens Stoltenbergning lavozimini egalladi. Ryutte Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Rossiyani tiyib turishni o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari deb atadi.
«Biz (alyansga a’zo davlatlar) ko‘proq mablag‘ sarflashimiz kerak (mudofaa uchun). Biz o‘z jamoaviy xavfsizligimizni mustahkamlashimiz kerak», — deya yangi bosh kotibning so‘zlarini keltiradi AFP agentligi. «NATOning asosiy vazifasi o‘zgarmaydi: biz o‘z odamlarimizni, xalqlarimizni va, albatta, qadriyatlarimizni ishonchli himoya qilishimiz kerak», — deya ta’kidladi Ryutte.
U, shuningdek, noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarida kim g‘alaba qozonishidan qat’i nazar, u Donald Tramp yoki Kamala Harris bo‘ladimi, ikkalasi bilan ishlay olishini aytdi. Mark Ryutte Tramp bilan 2017 yildan 2021 yilgacha, ya’ni u Oq uy egasi bo‘lganida birga ishlaganini esladi. «U (Tramp) bizni ko‘proq mablag‘ sarflashga majburlamoqchi edi va u muvaffaqiyatga erishdi: biz hozirda u lavozimga kelgan vaqtga qaraganda ancha yuqori xarajatlar darajasidamiz», — dedi Ryutte. U Kamala Harrisni «vise-prezident sifatida fantastik rekordga ega» «yuqori hurmatli» siyosatchi deb atadi.
FT: Bayden Ukrainaning NATOga arizasi maqomini oshirishi mumkin
Financial Times (FT) gazetasining yozishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyni tark etishdan oldin Yevropaga so‘nggi safari chog‘ida Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishi borasida muhim qaror qabul qilishi mumkin.
12 oktyabr kuni Germaniyada Kiyevga harbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlar bilan uchrashuvda u 2025 yilning yanvarida o‘z lavozimini tark etishdan oldin Ukrainaning NATOga a’zolik haqidagi arizasi maqomini oshirishga rozi bo‘lishi mumkin, deb yozadi nashr 1 oktyabr kuni Bayden va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Vashingtondagi so‘nggi muzokaralari mazmuni bilan tanish g‘arb rasmiysiga tayanib.
Mavzuga oid
17:10 / 23.04.2026
Ukrainaning qotil robotlari: jang maydoni endi avvalgidek emasmi?
12:03 / 23.04.2026
Erdo‘g‘an Rossiya va Ukraina muzokaralarini qayta boshlashga bel bog‘ladi
19:30 / 22.04.2026
Sizranda Ukraina zarbasi oqibatida ko‘p qavatli uy pod’yezdi quladi
13:51 / 22.04.2026