Jamiyat | 11:00 / 04.10.2024
22843
1 daqiqa o‘qiladi

195 km/soat tezlikda avtomobil boshqargan Jahongir Otajonov jarimaga tortildi

Toshkent-Samarqand yo‘lida avtomobilini yuqori tezlikda boshqarib, uni telefonida tasvirga olgan Jahongir Otajonov 2 ta qoidabuzarlik bo‘yicha jami 4,5 million so‘m jarimaga tortildi.

Foto: Videodan kadr

Jahongir Otajonov Toshkent-Samarqand yo‘lida 195 km/soat tezlikkacha chiqqani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128/3-moddasiga muvofiq BHMning 9 baravari (3 mln 375 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi. Shuningdek, kodeksning 128/1-moddasiga ko‘ra, yo‘lda telefondan foydalanib holatni videoga olgani uchun esa BHMning 3 baravari miqdorida (1 mln 125 ming so‘m) jarima tayinlangan.

Fuqaro jarimani 15 kun ichida to‘lasa 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

YHXX xodimlari bilan suhbatda xonandaga “o‘zingizga qanday xulosaga ega bo‘ldingiz”, degan savol berilgan. “Endi aslida bu to‘g‘ri hisoblamayman, avvalo o‘zim uchun xavfli. Avvalo insonmiz…”, deya javob bergan xonanda.

Mavzuga oid