Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi etib tayinlandi
U 2021–2024-yillarda O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Oybek Usmonov o‘rniga tayinlangan.
Alisher To‘xtayev O‘zbekistonning Pokistondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.
U 2024 yil 6 oktyabr kuni Pokiston poytaxti Islomobod shahriga yetib borgan.
Alisher To‘xtayev bu lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi lavozimida ishlagan.
Diplomat Toshkent davlat yuridik institutini (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti) tugatgach, TIV, Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Prezident administratsiyasida mas’uliyatli lavozimlarda ishlagan.
Shuningdek, u O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasida ham avval maslahatchi, so‘ngra rais o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Mavzuga oid
15:29 / 20.11.2024
O‘zbekiston Pokiston dengiz portlari orqali yangi bozorlarga kirish imkonini o‘rganmoqda
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
15:12 / 09.11.2024