Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi
ZIL yuk mashinasi qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joydan burilib olayotganda Jiguli mashinasi kelib uning ostiga kirib ketgan.
Samarqand viloyatida ZIL va Jiguli mashinasi ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi halok bo‘ldi. Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, hodisa 2024 yil 4 oktyabr kuni sodir bo‘lgan.
Past Darg‘om tumani Iskandari mahallasidan o‘tuvchi 4R-46 avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan ZIL yuk mashinasi qayrilib olish mumkin bo‘lmagan joydan burilib olmoqchi bo‘lgan.
Shu paytda o‘z yo‘lidan kelayotgan Jiguli mashinasi kelib unga urilgan va pachaqlanib yuk mashinasi ostiga kirib ketgan.
Oqibatda, og‘ir tan jarohatlari olgan Jiguli haydovchisi voqea joyida halok bo‘lgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:45 / 05.06.2026
“AQShga murojaatingizdan xursandmiz” - Sherdor restavratsiyasiga 500 ming dollar ajratildi
17:36 / 05.06.2026
Saida Mirziyoyeva UNEP va GEF rahbariyati bilan uchrashdi
18:49 / 04.06.2026
Saida Mirziyoyeva Global ekologik jamg‘arma Assambleyasida ishtirok etdi
20:37 / 03.06.2026