Toshkent aeroportida yo‘lovchi ayol vafoti haqidagi xabar rad etildi
Ayolning sog‘ligi yomonlashgan va u shifoxonaga joylashtirilgan.

Foto: Kun.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda bugun Toshkent aeroportida xorijdan uchib kelgan 37 yoshli ayol bojxona tekshiruvi paytida navbat kutayotib vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov holat yuzasidan ma’lumot berdi. Unga ko‘ra ayol vafot etmagan, sog‘ligi yomonlashgan va shifoxonaga yotqizilgan.
“Aeroportda bir ayol vafot etgani haqidagi xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bugun, 8 oktyabr kuni Dubay-Toshkent aviareysida uchib kelgan, 1986 yilda tug‘ilgan ayolning sog‘ligi yomonlashgan. Hozirda ayol shifoxonaga yotqizilib, unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda”, deyiladi Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lumotida.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Oq uy senatni Rossiyaga qarshi «qaqshatkich» sanksiyalariga oid qonun loyihasini yumshatishga chaqirdi
Jahon | 23:33 / 06.06.2025
-
Shvetsiyada farzandlari tishini yaxshi tozalamagani uchun ota-ona 8 oyga qamaldi
Jahon | 22:32 / 06.06.2025
-
Kanar orollarida o‘tkazilgan operatsiyada salkam 4 tonna kokain musodara qilindi
Jahon | 22:12 / 06.06.2025
-
Tramp Maskni qo‘llab-quvvatlash uchun sotib olgan Tesla avtomobilidan qutulmoqchi
Jahon | 22:08 / 06.06.2025
Mavzuga oid

19:14 / 17.04.2025
Toshkent aeroportida yuklarni saqlash uchun avtomatik javonlar paydo bo‘ldi

12:15 / 02.02.2025
2024 yilda havo transporti va temiryo‘l orqali jo‘natilgan yo‘lovchilar soni ma’lum qilindi

12:24 / 26.01.2025
2024 yilda Toshkent metrosida qancha yo‘lovchi tashilgani ma’lum qilindi

16:07 / 16.01.2025