Rossiya armiyasidan Qozog‘istonga qochgan 6 nafar dezertir Yevropa vizasini oldi
Rossiyalik dezertirlarga Yevropaga ketish imkoniyatini qo‘lga kiritishlarida qozog‘istonlik faollar, shuningdek, inson huquqlari himoyachilari yordam ko‘rsatmoqda.
Rossiyada armiyadan qochib, Qozog‘istonga borgan olti nafar harbiy xizmatchiga 2024 yilning may oyida Yevropaga kirishga ruxsat berilgan. Oktyabr oyida ularning barchasi Fransiyaga yetib borib, boshpana uchun so‘rov berish jarayonini boshladi, deb yozadi BBC.
Rossiyalik dezertirlarga Yevropaga ketish imkoniyatini qo‘lga kiritishlarida qozog‘istonlik faollar, shuningdek, inson huquqlari himoyachilari yordam ko‘rsatmoqda. Fransiyaga ketishga muvaffaq bo‘lgan dezertirlardan biri Anton bo‘lib, u Ukrainada yarim yilga yaqin xizmat qilgan (Anton Rossiya qo‘shinlarining to‘laqonli hujumidan oldin xizmatda bo‘lgan). Anton 2022 yil avgustda ta’tilga chiqqan, Rossiyada safarbarlik e’lon qilinganida, Qozog‘istonga qochib ketgan. U yerda yigit mahalliy huquq himoyachisi Artur Alxastov bilan tanishgan va ular birgalikda boshqa rossiyalik dezertirlarga yordam ko‘rsatishni boshlagan.
Qozog‘istondagi faollar armiyadan qochgan rossiyaliklarning harbiy jinoyatlarga aloqasi bor yoki yo‘qligini tekshiradi, Fransiya va Germaniyadagi rus huquq himoyachilari Yevropa hukumatlari bilan kelishishga erishib, ularning mamlakatga kirishiga hujjatlarni tayyorlashda yordam beradi.
BBC’ning yozishicha, Yevropaga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan qolgan besh nafar dezertir Ukrainagacha yetib bormagan. Artur Alxastovning so‘zlariga ko‘ra, ular orasida kadroviy ofitserlar va safarbarlikka jalb etilgan ikki nafar harbiy xizmatchi ham bor. Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonda hamon armiyadan qochgan ko‘plab rossiyalik harbiy xizmatchilar qolmoqda.
«O‘rmondan yuring» loyihasi asoschisi Grigoriy Sverdlinning qayd etishicha, hozirda Armaniston va Qozog‘istonda yuzlab rossiyalik dezertirlar mavjud. Ikkala mamlakat ham xavfsiz hisoblanmaydi, chunki u yerdan dezertirlarni Rossiya maxsus kuchlari tutib olib ketgan holatlari mavjud.
Mavzuga oid
18:21 / 20.11.2024
AQSh ortidan Buyuk Britaniya ham Ukrainaga uzoq masofali raketalardan Rossiyaga zarba yo‘llashga ruxsat berdi – OAV
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
12:07 / 20.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya Kaspiy dengizi orqali yangi yo‘nalishlardan foydalanmoqchi
21:03 / 19.11.2024