O‘zbekiston | 15:33
1633
1 daqiqa o‘qiladi

Namanganda 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan MChJ aniqlandi

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya

Namangan viloyatidagi suv taqsimlash inshootida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar bermoqda.

O‘zenergoinspeksiya”ning Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kosonsoy tumanida joylashgan “K.I.S.T.” MChJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday asoslantiruvchi hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida MChJ 1 mlrd 265 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Mavzuga oid