Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Albaniya YeIga qo‘shilish bo‘yicha muhim muzokaralarni boshladi
Albaniya NATOga 2009 yilda qo‘shilgan va o‘sha yilning o‘zida YeI a’zoligi uchun ariza bergan. Bu borada o‘tkazilgan birinchi hukumatlararo konferensiya 2022 yil iyulda tashkil etilgandi.
Lyuksemburgda Albaniyaning Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilishga bag‘ishlangan muzokaralar boshlandi. Bryussel va Tirana vakillari 15 oktyabr kuni o‘zaro manfaatli masalalarni, xususan, Albaniyada qonun ustuvorligini muhokama qildi.
«Biz Albaniyani 2030 yilda YeIga qo‘shilishga tayyorlaymiz», — deya va’da qildi mamlakat bosh vaziri Edi Rama. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tirana «vanihoyat ishning eng qiyin qismini boshlashga urinmoqda». Vazirlar Mahkamasi rahbarining qayd etishicha, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi «G‘arbiy Bolqon Yevropa Ittifoqi yanada kuchliroq bo‘lishi uchun, shu bilan birga, G‘arbiy Bolqon ham Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga muhtoj».
«Biz albanlar shaxsiy erkinlik, qonun ustuvorligi va demokratiya haqida gap ketganda «B» rejaga ega bo‘lolmaymiz Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishning har qanday muqobilligi biz tanlagan hayot tarzimizdan voz kechishni anglatadi»», — deydi Rama.
Albaniya NATOga 2009 yilda qo‘shilgan va o‘sha yilning o‘zida YeI a’zoligi uchun ariza bergan. Bu borada o‘tkazilgan birinchi hukumatlararo konferensiya 2022 yil iyulda tashkil etilgandi. Jarayonlarning uzoq vaqtga cho‘zilishiga Shimoliy Makedoniyaning yevrointegratsiyasi sabab bo‘ldi. Ammo sentabr oyida YeI davlatlari ushbu amaliyotdan voz kechdi va hozirda muzokaralar yangi turtki bilan davom etmoqda.
Avvalroq NATO tashkilotining G‘arbiy Bolqondagi birinchi aviabazasi Albaniyada ish boshlagandi. U Kuchova shahridagi modernizatsiya qilingan harbiy aerodromda joylashgan.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
08:50 / 05.06.2026
YeIda ukrainalik qochqinlarni himoya qilish tartibi o‘zgarishi mumkin
08:58 / 04.06.2026