Iran Air sanksiyalar tufayli Yevropaga parvozlarini to‘xtatdi
YeI cheklovlari joriy etilganidan bir necha soat o‘tib yo‘lovchilar Tehrondagi aeroport nomidan Yevropaga uchadigan reyslar bekor qilingani to‘g‘risida SMSlarni olgan.
Iran Air aviakompaniyasi YeI sanksiyalariga uchraganidan keyin Yevropaga parvozlarini to‘xtatdi. Bu haqda Eron aviakompaniyalari assotsiatsiyasi raisi Maqsud Assadi Somoniga ma’lum qildi.
Euronewsʼga ko‘ra, cheklovlar joriy etilganidan bir necha soat o‘tib yo‘lovchilar Tehrondagi aeroport nomidan Yevropaga uchadigan reyslar bekor qilingani to‘g‘risida SMSlarni olgan. Aeroport vakillari bilan bog‘langan yo‘lovchilarga bu sanksiyalar bilan bog‘liq ekani aytilgan.
Yevropa Ittifoqi 14 oktyabr kuni Iran Air va yana ikki aviatashuvchi Mahan Air hamda Saha Airlines’ga qarshi cheklovlarni joriy etdi. Bundan tashqari, yana to‘rtta yuridik va yettita jismoniy shaxs sanksiyaga tushgan. Cheklovlarning joriy etilishiga Bryussel ularni Rossiya harbiy-sanoat majmualari uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni yetkazishda gumonlagani sabab bo‘lgan. Sanksiyalar, shuningdek, Buyuk Britaniya tomonidan ham qo‘llangan.
Eron TIV rahbari Abbos Aragchi sentabr oyida Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berilayotgani haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atagandi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Moskva Tehrondan raketalarni olmaganini bildirgan.
Somonining so‘zlariga ko‘ra, Eron aviakompaniyalari orasida faqat Iran Air Yevropaga reyslarni amalga oshira oladi, chunki uning parkidagi samolyotlargina parvoz talablariga javob beradi — Eronga qarshi sanksiyalar tufayli mamlakatdagi havo kemalari yonilg‘i borasida muammolarga duch kelmoqda.
Mavzuga oid
09:02
Eron o‘z yadro dasturi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi
19:58 / 24.11.2024
Eron uranni boyituvchi ilg‘or sentrifugalardan foydalanishni boshlaganini e’lon qildi
19:45 / 22.11.2024
Norvegiyada AQSh elchixonasi qo‘riqchisi josuslikda gumonlanib qo‘lga olindi
08:39 / 22.11.2024